«Aston Villa» yarimhimoyachisi Morgan Rojers 20 iyul, dushanba kuni rasman «Chelsi» futbolchisiga aylanadi. Bu haqda taniqli transfer insayderi Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Rojers shu kuni London klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng u «Chelsi» bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi. Bitimda yana bir mavsumga avtomatik uzaytirish bandi ham mavjud.
Avvalroq OAVda «Chelsi» ushbu transfer uchun kurashda «Arsenal»ni ortda qoldirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. So‘nggi bir necha oy davomida Rojers aynan «kanonirlar» safiga o‘tishi mumkinligi aytilayotgan edi.
Xabarlarga ko‘ra, «Chelsi» ushbu transfer uchun 117 million funt sterling (137 million yevrodan ortiq) to‘laydi. Agar bitim rasman yakunlansa, bu klub tarixidagi eng qimmat transferlardan biriga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, Fabrisio Romanoning avvalgi ma'lumotlariga ko‘ra, «Chelsi» va «Aston Villa» transferning asosiy shartlari bo‘yicha allaqachon kelishuvga erishgan.