Live
2
O'zbek

«Arsenal» Barkola bo‘yicha muzokaralarni faollashtirmagan

Futbol
18 iyul, 17:28
Londonliklar vingerning transferi bo‘yicha hozircha yangi harakatlarni amalga oshirgani yo‘q.
«Arsenal» Barkola bo‘yicha muzokaralarni faollashtirmagan
Foto: Getty Images

Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlaridagi o‘zining sahifasida xabar berdi.

«Arsenal» hozircha «Pari Sen-Jermen» vingeri Bredli Barkola transferi bo‘yicha yangi harakatlarni amalga oshirgani yo‘q.

Uning ma’lumotiga ko‘ra, Morgan Rojers uchun kurashdagi omadsizlikdan so‘ng, «to‘pchilar» Fransiya klubi bilan aloqaga chiqmagan. Bundan tashqari, «Liverpul» klubi 23 yoshli o‘yinchiga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda. Mersisaydliklar vaziyatni kuzatishda davom etmoqda va agar «PSJ» Barkolani o‘ta qimmat bo‘lmagan summaga sotishga rozi bo‘lsa, muzokaralarni faollashtirishga tayyor.

Avvalroq, fransiyalik futbolchi o‘z kelajagi haqidagi yakuniy qarorni jahon chempionati yakunlangandan so‘ng qabul qilishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Bugungi yangiliklar