Live
2
O'zbek

Fransiya 1968 yildan beri ilk bor birinchi bo‘limning o‘zida to‘rtta gol o‘tkazib yubordi

Futbol
18 iyul, 18:29
Didye Desham shogirdlari Angliyaga qarshi bahsda 58 yillik antirekordni takrorladi.
Fransiya 1968 yildan beri ilk bor birinchi bo‘limning o‘zida to‘rtta gol o‘tkazib yubordi
Foto: Getty Images
18.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 4 : 6 Angliya Angliya

Fransiya milliy jamoasi JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun Angliyaga qarshi bahsning birinchi bo‘limida tarixiy antirekord qayd etdi.

Didye Desham boshqaruvidagi jamoa tanaffusga qadar o‘z darvozasidan to‘rtta gol o‘tkazib yubordi. Shu tariqa fransuzlar 1968 yildan buyon ilk bor birinchi bo‘limning o‘zida shuncha gol qo‘yib yubordi.

Bunga qadar so‘nggi marta bunday holat Yevro-1968 saralash bosqichi doirasida Yugoslaviya milliy jamoasiga qarshi bahsda kuzatilgan edi. O‘shanda Fransiya ilk taymning o‘zida to‘rtta gol o‘tkazib yuborgan. Yugoslaviya esa keyinchalik Dragan Jayich boshchiligida Yevropa chempionati finaligacha yetib borgan.

Eslatib o‘tamiz, Angliya va Fransiya o‘rtasidagi JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun bahsning ikkinchi bo‘limida inglizlar 4:2 hisobida oldinda bormoqda. Mundial finalida esa 19 iyul kuni Argentina va Ispaniya milliy jamoalari chempionlik uchun bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar