Live
2
O'zbek

Mbappe JCh-2026 to‘purarlar poygasida Messini ortda qoldirdi

Futbol
18 iyul, 18:26
Fransiyalik hujumchi mundiallar tarixida ham Lionel Messining rekordiga tenglashdi.
Mbappe JCh-2026 to‘purarlar poygasida Messini ortda qoldirdi
Foto: Getty Images
18.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 4 : 6 Angliya Angliya

Fransiya milliy jamoasi sardori Kilian Mbappe JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun Angliyaga qarshi bahsda urgan goli evaziga birdaniga ikkita muhim tarixiy natijaga erishdi.

48-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Mbappe ushbu mundialdagi 9-golini urdi va JCh-2026 to‘purarlari poygasida Lionel Messini ortda qoldirdi. Argentina sardori hisobida ayni paytda 8 ta gol mavjud.

Bundan tashqari, ushbu gol Mbappe uchun jahon chempionatlari tarixidagi 21-gol bo‘ldi. Shu tariqa fransiyalik hujumchi mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Lionel Messining rekordiga tenglashdi.

E'tiborlisi, Mbappe bu natijaga atigi 22 ta bahsda erishgan bo‘lsa, Messi 21 ta golni urish uchun 33 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun bahsning ikkinchi bo‘limida Angliya Fransiyani 4:2 hisobida mag‘lub etayotgan bo‘lsa, turnir finalida Argentina va Ispaniya milliy jamoalari jahon chempionligi uchun bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar