Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsida Angliya milliy jamoasi Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Angliyaliklar bahsni juda faol boshladi. Deklan Rays 3-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 18-daqiqada Ezri Konsa ustunlikni oshirdi. 37-daqiqada Bukayo Saka uchinchi golni urdi, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda esa dublini rasmiylashtirdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Kilian Mbappe va Bredli Barkola hisobni 4:2 ko‘rinishiga keltirdi. 66-daqiqada Mbappe yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, oradagi farqni minimumga tushirdi.
Biroq 87-daqiqada Saka penaltidan unumli foydalanib, xet-trik qayd etdi. Fransiya Usmon Dembele orqali yana bitta gol urgan bo‘lsa-da, 90+8-daqiqada Jud Bellingem bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa, Angliya JCH-2026ning bronza medallarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Fransiya musobaqani to‘rtinchi o‘rinda yakunladi.
JCH-2026. 3-o'rin
Fransiya - Angliya 4:6
Gollar: Rays 3 (0:1), Konsa 18 (0:2), Saka 37 (0:3), Saka 45+1 (0:4), Mbappe 48 (1:4), Barkola 54 (2:4), Mbappe 66 (3:4), Saka 87, pen. (3:5), Dembele 90+6 (4:5), Bellingem 90+8 (4:6).
Fransiya: Menyan, Gyusto (Kunde 90+1), Konate (Upamekano 46), Lakrua, Ernandes (Din 46), Sherki (Dembele 46), Rabo, Due (Barkola 46), Zair-Emeri, Olise, Mbappe.
Angliya: Xenderson, Kuansa (Jeyms 83), Konsa Spens, Gexi (Chaloba 90+3), Rojers, Rays, Eze (Bellinghem 79), Saka, Reshford (Uotkins 46), Toni (Anderson 79).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi