Fransiya milliy jamoasi JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun Angliyaga qarshi bahsda 2008 yildan buyon kuzatilmagan antirekordni qayd etdi.
Mayamidagi «Hard Rock» stadionida kechayotgan uchrashuvda Angliya Deklan Raysning 3-daqiqadagi va Ezri Konsaning 18-daqiqadagi gollari evaziga dastlabki 20 daqiqa ichidayoq 2:0 hisobida oldinga chiqdi.
Shu tariqa Fransiya milliy jamoasi 2008 yil oktabridan beri ilk bor o‘yinning dastlabki 20 daqiqasida ikki to‘p farqi bilan ortda qolmoqda. O‘shanda jahon chempionati saralash bosqichida Ruminiya fransuzlar darvozasiga ilk 20 daqiqada ikkita gol urgandi. Yakunda o‘sha bahs 2:2 hisobida yakunlangan.
JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun bahsning tanaffusiga kelib esa Angliya ustunligini yanada mustahkamladi. Bukayo Saka dubl qayd etib, inglizlarni 4:0 hisobida oldinga olib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya yarimfinalda Ispaniyaga (0:2), Angliya esa Argentinaga (1:2) mag‘lub bo‘lgach, mundialning bronza medallari uchun bahs olib bormoqda.