Angliya milliy jamoasi JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun bahsda Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etib, bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Ushbu natija inglizlar uchun so‘nggi 60 yildagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi. Angliya bundan avval 1966 yilda o‘z maydonida o‘tgan jahon chempionatida GFRni finalda 4:2 hisobida mag‘lub etib, tarixidagi yagona jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Shundan so‘ng JCh-2026gacha Angliya biror marta ham mundial sovrindorlari safidan joy ololmagandi. Jamoaning eng yaxshi natijalari 1990 va 2018 yilgi jahon chempionatlaridagi to‘rtinchi o‘rin bo‘lib qolayotgandi.
Tomas Tuxel boshqaruvidagi jamoa esa JCh-2026ni muvaffaqiyatli yakunlab, 60 yillik tanaffusdan keyin yana jahon chempionati medallarini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 final bahsi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Argentina va Ispaniya milliy jamoalari jahon chempionligi uchun o‘zaro bahs olib boradi.