Bugun
17
O'zbek

Tuxel: "Fransiyaning taqvimi biznikiga nisbatan ancha engilroq edi"

Futbol
18 iyul, 22:30
Angliya bosh murabbiyi Fransiyaga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Tuxel: "Fransiyaning taqvimi biznikiga nisbatan ancha engilroq edi"
Foto: Getty Images
18.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 4 : 6 Angliya Angliya

Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2026 yildagi jahon chempionatida 3-o‘rin uchun Fransiyaga qarshi kechgan bahs (6:4) haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Birinchi bo'lim ajoyib o'tdi, ikkinchisi esa juda og'ir kechdi. Faqat bir kunlik dam olishning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini o'zingiz ham ko'rdingiz.

Bu hafta davomida juda qattiq charchadik, kuchimiz deyarli qolmadi. Shuning uchun ham jamoamiz ko'rsatgan xarakter hurmatga loyiq. Barcha qiyinchiliklarni qanday engib o'tganimiz haqiqatan ham hayratlanarli.

Men uchrashuvning jismoniy jihatdan qanchalik og'ir bo'lishidan xavotirda edim. Biz Fransiyaning mahorati va tezligini yaxshi bilamiz. Bundan tashqari, ularning taqvimi biznikiga nisbatan ancha engilroq edi.

Yarimfinal bilan ushbu o'yin orasida ular bizdan bir kun ko'proq dam oldi va kamroq safar qildi. Biz esa ham issiq havoda, ham baland tog' sharoitida o'ynadik.

Futbolchilarning holati meni xavotirga solayotgandi. Ikkinchi bo'limda oyoqlari tortganini ham, qanchalik charchaganini ham ko'rdingiz. Lekin ularning xarakteri hech qanday xavotir uyg'otmadi.

Men avval ham aytgandim, bu jamoa o'ziga xos bir narsani yaratdi. Bugun esa buni yana bir bor isbotladi", — dedi Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar