"Barselona" prezidenti Joan Laporta 2026 yildagi jahon chempionati finali oldidan Lionel Messi va Lamin Yamal haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Messi — futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi. Lekin Yamanni ham to'xtatish juda qiyin. Men bu final Lamining yulduzli vaqti bo'lishini, u o'z maqomini yanada mustahkamlashini istayman.
Futbol doimo yangilanib turadi — o'zgarishlar vaqti keldi. Messi "Barselona"da buyuk davrning bir qismi bo'lgan, u bizga shonli yillarni hadya etdi. Endi esa Lamining vaqti keldi.
Jahon chempionati finalida "La Masia" tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi qarama-qarshilik — faxrlanish uchun yaxshigina sabab", — dedi Laporta.
Ma'lumot o'rnida, tunda Argentina va Ispaniya milliy jamoalari jahon chempionligi uchun o'zaro bahs olib boradi. Final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Avvalroq Laporta "PSJ" Yamal uchun 250 million yevro taklif qilganini aytib o'tgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi