«Barselona» prezidenti Joan Laporta Parijning «PSJ» klubi Lamin Yamalni sotib olish uchun rekord miqdorda taklif bilan chiqqanini ma’lum qildi.
«Bu men faxrlanadigan ishlardan biri: «PSJ» Yamal uchun 250 million yevro taklif qilgan, ammo biz rad javobini berdik. Uning shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi», — dedi Laporta klub prezidentligi uchun debatlar chog‘ida.
Laportaning aytishicha, ushbu taklif taxminan ikki yil avval, futbolchi 17 yoshda bo‘lgan paytda kelib tushgan.
Hozirga qadar Yamal «Barselona» safida barcha musobaqalarni hisobga olganda 142 ta bahsda maydonga tushgan. Uning hisobida 44 ta gol va 49 ta golli uzatma bor.