Bugun
1
O'zbek

De la Fuente: "Biz raqibdan kuchliroq edik"

Futbol
19 iyul, 23:00
Ispaniya bosh murabbiyi Argentinaga qarshi bahsdan so'ng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
De la Fuente: "Biz raqibdan kuchliroq edik"
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente 2026 yilgi jahon chempionati finali oldidan futbolchilarga qanday ruhiy dalda berganini aytib oʻtdi.

Qayd etish lozim, ispaniyaliklar hal qiluvchi uchrashuvda Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etib, jahon chempioniga aylandi.

"Men ularga shunday dedim: "Janoblar, biz tarix yaratish uchun maydonga tushyapmiz va buni amalga oshirishimiz kerak".

O'yindan keyin ayrim futbolchilar oldimga kelib: "Endi yana nimani yutishimiz kerak?" deb so'rashdi. Men esa: "Sentabrdagi o'yinni", deya javob berdim.

Biz hali yana juda ko'p sovrinlarni qo'lga kiritishimiz kerak. Qo'shimcha vaqt esa ularga shu ruhda davom etishlari kerakligini aytdim, chunki biz raqibdan kuchliroq edik", — dedi Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

50+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar