2026 yildagi Jahon chempionati finalida Ispaniya milliy jamoasi Argentina ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonganidan so'ng bayram tadbirlaridagi eng ta'sirli lahzalardan biri Niko Uilyamsning qilgan ishi bo'ldi.
«Atletik» vingeri ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi, qo'shimcha vaqtda esa hal qiluvchi golni urg‘an Ferran Torresga assistni amalga oshirdi.
O'yindan keyin Uilyams tribunada bo'lgan onasi Mariya Arturning yoniga bordi va unga jahon chempionatining oltin medalini topshirdi.
Keyinroq Niko nega aynan onasiga bu mukofotni berganini tushuntirdi.
«Men tezkor, ammo onamdan tezroq emasman. U o'limdan qochib, Sahroyi Kabir cho'lini kesib o'tish orqali Ganadan Ispaniyaga yetib kelgan. Chempionlik medalimni unga berdim, chunki u bu medalga mendan ham ko'proq loyiq edi», — dedi futbolchi.
1993 yilda Uilyamslar oilasi yaxshiroq hayot izlab Ganani tark etgan, yo'lning bir qismini Sahroyi Kabir orqali bosib o'tgan va keyinchalik Ispaniyadan qo'nim topgan.
«Onam mendan tezkorroq. Mukofotga u mendan ko'ra loyiq» — Niko oltin medalini onasiga berdi
Futbol
20 iyul, 09:05
Ispanlar vingeri Jahon chempionati medalini azobli yo'llar orqali Ganadan Ispaniyaga kelgan onasiga berdi.
Foto: Getty Images
19.07.2026
AET
Jahon chempionati (JCH-2026)
Ispaniya
1
:
0
Argentina
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi