Argentina milliy jamoasi himoyachisi Kristian Romero JCH-2026 finalidan keyin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali muxlislarga murojaat qildi.
«Bu safar o‘xshamadi. Ishoning bu juda ham qiyin. Juda qiyin, sababi hech kim bizchalik bu tarixni davom ettirishni istamagandi. Biz kubokni yana bir bor vatanimizga olib borishni istagandik, ammo bunday bo‘lmadi. Biz bor kuchimizni berdik. Bu borada bizga e’tiroz bo‘lishi mumkin emas. Biz musobaqda ikkinchi bo‘ldik, ammo hech qachon Argentina libosini milliy jamoa u talab qiladigan g‘urur va sadoqat bilan kiydik. Bundan g‘ururlanaman va shunday oilaning bir bo‘lagi bo‘lganimdan faxrlanaman!
Sizlarga tortiq qilmoqchi bo‘lgan xursandchilikni taqdim eta olmaganimizdan afsusdamiz. Biz sizlar uchun, butun dunyo bo‘ylab bizni qo‘llab-quvvatlagan har bir argentinalik uchun harakat qildik. Bu qo‘llab-quvvatlashni har kuni sezib turdik. Bugun qayta oyoqqa turish zarur. Barchasini boshidan boshlash kerak. Yanada ko‘proq mehnat qilish, o‘zimizga bo‘lgan ishonchni orttirish va bu libosni oxirgi yillarda ko‘targan darajamizga, o‘z o‘rniga — eng yuqoriga qaytarish uchun. Sababi finallarda g‘alabaga erishiladi. Va bu jamoa o‘sha eski orzu bilan yashashda, kurashishda davom etadi.
Yonimizdaligingiz uchun tashakkur. Ishonchingiz uchun rahmat. Biz yana cho‘qqiga qaytamiz. Argentina o‘zi shunaqa. Doimo birga», — deb yozdi Romero X tarmog‘idagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, «Tottenhem» himoyachisi Kristian Romero mundialda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi