Live
2
O'zbek

«Arsenal» Rojers uchun 120 mln funt to‘lashdan bosh tortdi, «Chelsi» esa yirik narxga rozi bo‘ldi

Futbol
21 iyul, 06:00
«Aston Villa» yarimhimoyachisi Londonning ko‘k jamoasiga 117 million funt evaziga o‘tmoqda.
«Arsenal» Rojers uchun 120 mln funt to‘lashdan bosh tortdi, «Chelsi» esa yirik narxga rozi bo‘ldi
Foto: Getty Images

«Arsenal» Morgan Rojers transferi uchun kurashda asosiy da'vogarlardan biri bo‘lganiga qaramay, «Aston Villa» talab qilgan 120 million funt sterlingni to‘lashga rozi bo‘lmadi.

The Times xabariga ko‘ra, «to'pchilar» 23 yoshli yarimhimoyachi uchun dastlab 80 million funt atrofida taklif berishga tayyor edi. Keyinchalik bu summa 100 million funtdan oshirilishi ham mumkin edi, biroq klub 120 million funt to‘lashni ma'qullamagan.

Shuningdek, «Aston Villa» rahbariyati «Arsenal»ning vositachilar orqali norasmiy muzokaralar olib borishga uringanidan ham norozi bo‘lgan.

Natijada «Chelsi» birmingemliklar belgilagan narxni qabul qildi va Rodjersni 117 million funt evaziga o‘z safiga qo‘shib olmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso futbolchi bilan shaxsan suhbatlashgan. Ispaniyalik mutaxassisni Rodjersning bir nechta pozitsiyada samarali harakat qila olishi o‘ziga jalb qilgan.

Qayd etish joiz, Morgan Rojers 2025/26 yilgi mavsumda «Aston Villa»ning yetakchi futbolchilaridan biri sifatida o‘zini namoyon etgan va yozgi transfer oynasining eng qimmat transferlaridan birini amalga oshirish arafasida turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Arsenal Arsenal
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar