Live
6
O'zbek

Gavi JCHdagi g‘alabasini buvisi xotirasiga bag‘ishladi

Futbol
21 iyul, 10:10
«Barselona» markaziy yarimhimoyachisi jahon chempionligi yo‘lida yordam bergan barcha-barchaga minnatdorchilik bildirdi.
Gavi JCHdagi g‘alabasini buvisi xotirasiga bag‘ishladi
Foto: Getty Images

AQSH, Meksika va Kanadada o‘tgan mundial finalidan keyin 21 yoshli futbolchi kubok yo‘lida yordam bergan yaqinlariga minnatdorchilik bildirdi.

«So‘nggi bir necha yil jarohatlar tufayli qiyin kechdi, ammo yaqinlarim, oilam, do‘stlarim tufayli bularning barchasi bejiz emasligini ayta olaman. Men buni va yana ko‘p narsalarni boshdan kechirishga tayyorman. Futbolchi sifatida o‘sib, jahon chempioni bo‘lishimga yordam bergan oilam, maktabim, murabbiylarim va «Barselona» xodimlaridan minnatdorman. Shu o‘rinda buvimning xotirasini alohida yodga olmoqchiman. Menga bergan kuchingiz uchun rahmat», - deb yozdi xavbek ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Gavi jahon chempionatida ikki bor maydonga tushdi va samarali harakatlar amalga oshirmadi. O‘tgan mavsumda klub safida 13 ta bahsda 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Bugungi yangiliklar