Live
3
O'zbek

«Yuventus» Bremerga APLdan o‘rinbosar topdi

Futbol
21 iyul, 11:33
Turin klubi yozda tarkibiga yana bir himoyachi qo‘shib olishi mumkin.
«Yuventus» Bremerga APLdan o‘rinbosar topdi
Foto: Getty Images

Jurnalist Jovanni Albanezening so‘zlariga ko‘ra, Bremer Turin klubini tark etishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, «Yuventus» «Vest Hem»dan Jan-Kler Todibo transferi variantini ko‘rib chiqadi.

«Vest Hem» Jan-Kler Todiboning huquqlarini shu yozda «Nitssa»dan 40 million yevroga sotib olgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2029-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, 2025/26-yilgi mavsumda fransiyalik «bolg‘achilar» safida ijara huquqi asosida to‘p tepdi va u yerda barcha turnirlarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Todiboning aktual transfer narxini 22 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar