Live
2
O'zbek

Fabian Ruis «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini baholadi

Futbol
22 iyul, 15:30
Ispaniyalik yarimhimoyachi YCHL va JChdagi g‘alabalaridan so‘ng nufuzli sovringa da'vogarlar sifatida ko‘rilmoqda.
Fabian Ruis «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini baholadi
Foto: Getty Images

«PSJ» klubi va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Fabian Ruis 2026 yilgi «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

«Ochig‘ini aytsam, kim «Oltin to‘p»ni yutishni istamaydi? Bu yil Chempionlar ligasi va Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldim. Bundan yaxshiroq mavsumni orzu ham qila olmayman. Agar «Oltin to‘p»ga nomzodlar ro‘yxatidan joy olsam, bu men uchun katta sharaf bo‘ladi», — dedi Ruis Cadena SER nashriga bergan intervyusida.

2025/26 yilgi mavsumda Fabian Ruis «PSJ» safida barcha musobaqalarda 34 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

JCh-2026da esa yarimhimoyachi Ispaniya milliy jamoasi safida 8 ta bahsda ishtirok etib, 1 ta gol urdi hamda jamoaning jahon chempioniga aylanishiga munosib hissa qo‘shdi.

Qayd etish joiz, Fabian Ruis 2026 yilda UEFA Chempionlar ligasi va Jahon chempionati bosh sovrinlarini qo‘lga kiritgani bois, «Oltin to‘p» uchun asosiy da'vogarlar qatorida tilga olinmoqda.

Bugungi yangiliklar