Bugun
59
O'zbek

«Liverpul» Pedru Netuga qiziqish bildirmoqda

Futbol
22 iyul, 14:53
«Qizillar» portugaliyalik vinger transferi bo‘yicha ichki muhokamalarni boshlagan.
«Liverpul» Pedru Netuga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

«Chelsi» vingeri Pedru Netu yozgi transferlar oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Liverpul» portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Mersisayd klubi vakillari Netuning o‘yinlarini anchadan buyon kuzatib kelmoqda. Ayni paytda klub rahbariyati ushbu transferning maqsadga muvofiqligi yuzasidan ichki muhokamalar olib bormoqda.

Pedro Netu 2024 yilda «Vulverhempton»dan «Chelsi»ga 60 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi.

2025/26 yilgi mavsumda vinger barcha musobaqalarda 52 ta bahsda maydonga tushib, 10 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar