Live
15
O'zbek

Rasman: Garnacho mavsum oxirigacha «Aston Villa»da o‘ynaydi

Futbol
23 iyul, 09:57
Argentinalik vinger «Chelsi»dan ijara asosida Birminghem klubiga ko‘chib o‘tdi.
Rasman: Garnacho mavsum oxirigacha «Aston Villa»da o‘ynaydi
Foto: Getty Images

«Aston Villa» Alehandro Garnachoni «Chelsi»dan bir mavsumga ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e'lon qildi.

Klub bayonotida 22 yoshli argentinalik futbolchi 2026/27 yilgi mavsumni «Aston Villa» safida o‘tkazishi ma'lum qilingan.

Garnacho faoliyatini «Manchester Yunayted» akademiyasida boshlagan va «Old Trafford» klubi safida 144 ta bahsda maydonga tushgan. U 2025 yilning yozida «Chelsi»ga ko‘chib o‘tgan edi.

O‘tgan mavsumda vinger londonliklar safida barcha musobaqalarda 43 ta bahsda ishtirok etib, 8 ta gol muallifiga aylandi. Garnacho qanotlarda ham, hujum markazida ham o‘ynay olishi bilan ajralib turadi.

Shuningdek, u Argentina milliy jamoasi safida 8 ta bahsda maydonga tushgan. Futbolchi 2024 yilda «Everton» darvozasiga urgan ajoyib akrobatik goli uchun FIFA Pushkash mukofoti sovrindoriga aylangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Aston Villa Aston Villa
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar