«Manchester Siti» himoyachi Abduqodir Husanov va vinger Jeremi Doku bilan yangi uzoq muddatli shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, har ikki futbolchi bilan 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan yangi bitim imzolanadi.
Ma'lumot uchun, 22 yoshli Abduqodir Husanov 2025 yil yanvar oyida «Lans»dan «Manchester Siti» safiga kelib qo‘shilgandi. O‘tgan mavsumda u jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylanib, 37 ta bahsda maydonga tushdi hamda klubning Angliya kubogi va Liga kubogini qo‘lga kiritishiga yordam berdi.
24 yoshli Jeremi Doku esa 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 47 ta bahsda ishtirok etib, 8 ta gol va 14 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fil Foden ham «Manchester Siti» bilan yangi shartnoma imzolagandi. Shuningdek, yaqin kunlarda klub Yoshko Gvardiol bilan ham bitimni uzaytirishi kutilmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi