Fil Foden "Manchester Siti"dagi faoliyatini davom ettiradi.
26 yoshli yarimhimoyachi "shaharliklar" bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirdi.
Angliyalik futbolchi manchesterliklar tarbiyalanuvchisi sanaladi va faoliyatini faqat bir klubda o'tkazmoqda.
Foden "Siti" bilan hozirgacha 20 ta titul yutgan, jumladan, 6 bor Angliya Premyer-ligasi va 1 marta Chempionlar ligasi g'olibiga aylangan.
Yarimhimoyachi o'tgan mavsumda APLda 33 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi