Bu haqda SportMediaset xabar berdi.
«Manchester Siti»ning hujumkor yarimhimoyachisi Fil Foden ushbu transfer oynasida Italiyaning «Milan» klubi safiga borib qo‘shilishi mumkin.
Manbaning xabariga ko‘ra, «Milan» 26 yoshli futbolchi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Klub agarda Rafael Leauni sotib yuborsa, angliyalik futbolchi transferini amalga oshirishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, Fodenning amaldagi shartnomasi muddati yakunlanishiga bir yil qolgani sababli o‘yinchi xizmatlari bir qancha klublarga taklif qilingan.
O‘tgan mavsumda Foden barcha musobaqalarni inobatga olganda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Transfermarkt portali Filning aktual transfer narxini 70 million yevroga baholamoqda.