Live
7
O'zbek

Merson Rojersning «Chelsi»ga transferi haqida: «Aql bovar qilmas pullar»

Futbol
21 iyul, 11:11
London klubining sobiq futbolchisi «Aston Villa» yarimhimoyachisining ehtimoliy transferi haqida gapirdi.
Merson Rojersning «Chelsi»ga transferi haqida: «Aql bovar qilmas pullar»
Foto: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi Pol Merson Angliya milliy jamoasi va va «Aston Villa» klubi yarimhimoyachisi Morgan Rojersning «Chelsi»ga ehtimoliy transferi borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Avvalroq transfer 117 million funt evaziga (135 mln yevro) rasmiylashtirilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

«Juda katta pullar. Hattoki aql bovar qilmas. Bu ularga kerak bo‘lgan transfer emas. «Chelsi»da bu pozitsiya uchun Palmer bor. Men Rojersni «o‘nlik» sifatida ko‘raman. U ochiq futbolda foydali. Biroq «ko‘klar» bunday o‘yin ko‘rsatmaydi. Maydonda unga hududlar bo‘lmaydi. Qo‘shimchasiga Morganga juda katta mablag‘ evaziga transfer qilingani tufayli qo‘shimcha bosim bo‘ladi», - deya mutaxassis so‘zlaridan iqtibos keltirdi Sky Sports.

Ma’lumot uchun, APL o‘tgan mavsumida 23 yoshli Rojers 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Bugungi yangiliklar