Fransiya milliy jamoasi va «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe JCH-2026 yakunlari bo‘yicha «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib qolmoqda.
L’Equipe ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniya milliy jamoasining jahon chempionatidagi g‘alabasi «Oltin to‘p» uchun ovozlarni Rodri, Lamin Yamal, Fabian Ruis va Dani Olmo o‘rtasida bo‘lib yuborilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Fransuz nashrining taxmin qilishicha, bu Mbappe foydasi ishlashi mumkin, garchi u bu mavsumda klub va milliy jamoada birorta ham sovrin yuta olmagan bo‘lsa-da.
Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe 10 ta gol urib, jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. 2025/26-yilgi mavsumda hujumchi «Real» safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 42 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.