Superliganing 13-turiga ham start berildi. Zominda "So'g'diyona" hamda "Neftchi" klublari o'rtasidagi bellashuv 1:5 hisobida farg'onaliklarning foydasiga hal bo'ldi.
Garchi mezbonlar birinchi bo'lib hisobni ochishlariga qaramay, keyinchalik "Neftchi" futbolchilari raqib darvozasini birin-ketin ishg'ol qildilar va yakunda yirik hisob qayd etildi.
"So'g'diyona" ustoz Ulug'bek Baqoyev esa 1:5 hisobidagi mag'lubiyatga quyidagicha izoh berdi:
"Albatta, mag'lub bo'lish yoqimsiz. Ammo chempion jamoaga qarshi o'ynayotganimizni, ularning futbolchilari saviyasi va individual mahoratini yaxshi bilardik.
Hisobda oldinga ham chiqib oldik. Ammo tushunarsiz bo'lgan o'sha besh daqiqa ichida "Neftchi" futbolchilari uchrashuv taqdirini hal qilib qo'yishdi. Aynan o'sha besh daqiqa bunday yirik hisobdagi mag'lubiyatga sabab bo'ldi. Lekin bu futbol.
Yigitlarga ham aytdim: bu o'yin endi tarixda qoldi. Uni unutish va keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rish kerak. Bunday holatlar har bir sportchining faoliyatida uchraydi.
Shu bois yigitlarga o'yin, maydondagi fidoyiligi va jonbozligi uchun minnatdorchilik bildiraman. Endi esa oldinga qarab, keyingi bahslarga tayyorgarlik ko'ramiz", - deya Ulug'bek Baqoyevning so'zlaridan keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Ulug'bek Baqoyev: "Tushunarsiz 5 daqiqada 'Neftchi' o'yinni hal qilib qo'ydi"
Futbol
21 iyul, 15:11
"So'g'diyona" bosh murabbiyi jamoasining yirik hisobdagi mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
Фото: Сўғдиёна ПФК
21.07.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
So'g'diyona
1
:
5
Neftchi Fargona