Live
2
O'zbek

YChL saralashi. Rahmonaliev to'liq o'ynagan bahsda "Sabah" Finlyandiya klubini mag'lub etdi

Futbol
21 iyul, 14:45
Ushbu bahsda o'zbekistonlik yarimhimoyachi asosiy tarkibda maydonga tushib, to'liq harakat qildi.
YChL saralashi. Rahmonaliev to'liq o'ynagan bahsda "Sabah" Finlyandiya klubini mag'lub etdi
Фото: Getty Images

Yevropa Chempionlar ligasining ikkinchi saralash bosqichi doirasida Ozarbayjonning "Sabah" jamoasi o'z maydonida Finlyandiyaning "KuPS"iga qarshi o'ynadi. Bellashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozondi. 33-daqiqada Umarali Rahmonaliev hisobni ochgan edi. Biroq VAR tizimi aralashuvidan so'ng gol bekor qilindi.

Ushbu bahsda o'zbekistonlik yarimhimoyachi asosiy tarkibda maydonga tushib, to'liq harakat qildi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 28 iyul kuni Finlyandiyada bo'lib o'tadi.

YChL saralashi
Sabah – KuPS 1:0
Gol:
Simich 45+1

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar