Portugal mutaxassisi Serjiu Konseysau Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biriga aylandi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolieri X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manbaga koʻra, murabbiyning vakillari hamda Belgiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi (RBFA) oʻrtasida dastlabki muzokaralar boʻlib oʻtgan. Biroq hozircha tomonlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot boʻlmagan.
Qayd etilishicha, Konseysau Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiyligi uchun asosiy da'vogarlardan biri hisoblanadi. Ushbu lavozim uchun yana niderlandiyalik mutaxassis Mark van Bommel ham koʻrib chiqilmoqda.
Avvalroq Rudi Garsiya milliy jamoadagi lavozimidan boʻshatilgani xabar qilingan edi.
Eslatib oʻtamiz, Belgiya JCH-2026ning chorak finalgacha yetib bordi va ushbu bosqichda Ispaniyaga 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan edi.