Belgiya futbol assotsiatsiyasi (RBFA) milliy jamoa uchun yangi bosh murabbiy izlamoqda.
De Telegraaf nashri xabar berishicha, niderlandiyalik 49 yoshli mutaxassis Mark van Bommel asosiy nomzod sifatida ko'rsatilmoqda.
Katta ehtimol bilan u bilan muzokaralar tez orada boshlanadi. Hozirda van Bommel hech qaysi jamoada ishlamayapti. U murabbiylik faoliyati davomida PSV, "Volfsburg" va "Antverpen" jamoalarini boshqargan.
Avvalroq Rudi Garsiya Belgiya milliy jamoasini tark etgani xabar qilingandi.
Eslatib o'tamiz, belgiya iklar 2026 yildagi jahon chempionatida chorakfinalgacha yetib bordi. Ushbu bosqichda Ispaniyada yutkazib, turnirni tark etdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi