«Manchester Siti» o‘ziga xos onlayn-auksion e’lon qildi. Unda jamoaning sobiq bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning xonasidagi buyumlar kimoshdi savdosiga qo‘yilgan.
Unikal kolleksiya tarkibiga ispaniyalik mutaxassis jamoada foydalangan ofis anjomlari, shaxsiy buyumlar va taktik ish qurollari kiritilgan.
Auksionning asosiy voqeasi hujumchi Erling Hollandning yuqori natijalariga bag‘ishlangan maxsus dizayndagi futbol to‘pi bo‘ldi. U norvegiyalikning yo‘lini U norvegiyalikning APLdagi 100 ta golga erishish yo‘lidagi tezkor yo‘lini aks ettiruvchi noyob naqsh bilan bezatilgan hamda futbolchi imzo chekkan. U uchun 3 ming yevro taklif qilib ulgurishdi. Kolleksionerlar va klubning moliyaviy jihatdan baquvvat muxlislari narxni sezilarli darajada oshishiga sababchi bo‘lishadi.
Ma’lumot uchun, auksion 26-iyulda yakuniga yetadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi