Live
3
O'zbek

«Real» Ferran Torresni sotib olmoqchi

Futbol
21 iyul, 07:35
Ispaniya milliy jamoasi hujumchisi faoliyatini La Liganing boshqa bir top-klubida davom ettirishi mumkin.
«Real» Ferran Torresni sotib olmoqchi
Foto: Getty Images

Bu haqda Lequipe xabar berdi.

Ispaniya milliy jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» klubi vakili Ferran Torres faoliyatini Madrid klubida davom ettirishi mumkin.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, forvard xizmatlariga «Real» klubi qiziqib qolgan. «Qirollik klubi» ushbu transfer oynasida Torres transferini amalga oshirish harakat qilib ko‘radi.

Ferranning transfer narxi 50 million yevroga baholanmoqda. Uning «ko‘k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Torres Ispaniya va Argentina milliy jamoalari ishtirokidagi jahon chempionati-2026 finali (1:0) qahramoniga aylandi. Aynan u yagona golga mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar