Madridning «Atletiko» klubi himoyachisi Matteo Rujerining agenti Tullio Tinti o‘z mijozining kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Fiorentina», «Roma» va A Seriyaning yana bir klubi Rujeriga qiziqish bildirdi, ammo «Atletiko»ning rejalari aniq: ular Matteoni o‘z safida olib qolmoqchi. Shuning uchun u «Atletiko»da qoladi», - dedi Tinti Sky Sports’ga intervyuda.
Eslatib o‘tamiz, Matteo Rujeri 2025-yilda «Atalanta»dan 17 million yevro evaziga Madridning «Atletiko» klubiga o‘tgan. Uning «matraschilar» bilan shartnomasi 2030-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, 2025/26-yilgi mavsumda himoyachi Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, yettita golli uzatmani amalga oshirdi.