"Chelsi" yarim himoyachisi Enso Fernandes faoliyatini "Atletiko"ga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Saymon Filipps xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "matraschilar" argentinalik 25 yoshli futbolchini yozgi transfer vaqtida o'z safiga qo'shib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.
O'z navbatida Enso "Chelsi"ni tark etish tarafdori. U faoliyatini La Ligada davom ettirishga qarshi emas.
Biroq asosiy to'siq – transfer narxi. London klubi futbolchi uchun taxminan 140 million yevro atrofida talab qilishi kutilmoqda. Bunday summa hatto Yevropa grantlari uchun ham jiddiy moliyaviy yuk hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Enso Fernandesga Madridning boshqa klubi – "Real" qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.