«Atletiko» klubining 9 nafar futbolchisi 2026 yildagi Jahon chempionati finaliga yo'l oldi. Turnirning hal qiluvchi bellashuvida Ispaniya va Argentina milliy jamoalari o'zaro bahs olib boradi. Final 19 iyul, yakshanba kuni AQSHning Ist-Raterford shahridagi «Metlayf» stadionida bo'lib o'tadi.
Argentina milliy jamoasi safida darvozabon Xuan Musso, himoyachi Nauel Molina hamda hujumchilar Xulian Alvares, Juliano Simeone va Tiago Almada maydonga tushishi mumkin.
Ispaniya safida esa «matraschilar»dan Mark Pubil, Markos Lorente, Alejandro Grimaldo hamda hujumchi Aleks Baena bor.
Finalchilar orasida «Atletiko»dan keyingi o‘rinni «Barselona» o‘yinchilari egallagan — 8.
3 ta klub vakillari chempion bo‘lishi aniq — ya'ni «Atletiko», «Liverpul» va «Tottenhem» o‘yinchilari har ikki jamoada ham bor.
«Atletiko» — JCh-2026 finaliga eng ko'p futbolchisi yo'l olgan klub
Futbol
17 iyul, 00:10
Keyingi o‘rinni «Barselona» egallagan. 3 ta klubning futbolchisi chempion bo‘lishi aniq.
Foto: Getty Images
19.07.2026, 15:00
Jahon chempionati (JCH-2026)
Ispaniya
-
:
-
Argentina
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi