Bugun
18
O'zbek

Sherki Angliyaga qarshi o‘yin oldidan muxlislarga murojaat qildi

Futbol
17 iyul, 06:21
Yarimhimoyachi Fransiya milliy jaomasining JCH-2026dagi ishtiroki haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Sherki Angliyaga qarshi o‘yin oldidan muxlislarga murojaat qildi
Foto: Getty Images
18.07.2026, 17:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya - : - Angliya Angliya

Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rayan Sherki JCH yakunlari borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashib, muxlislarga murojaat qildi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda fransiyaliklar Angliya milliy jamoasi bilan ro‘baro‘ keladi.

«Hech qachon unutmang, biz qaytamiz va yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz! Eng avvalo biz yana barchani milliy ramzimiz atrofida birlashtirish uchun qaytamiz. Biz butun Fransiyaning yakdil ekanini his qilib turdik va bu aqlbovar qilmas holat edi», — deya Sherki so‘zlarini keltiradi Fransiya milliy jamoasi X tarmog‘idagi rasmiy sahifasida.

AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan mundial 19-iyulgacha davom etadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina milliy jamoasi bu safar finalda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar