"Lids" markaziy himoyachi Toriq Muharemovich transferini rasman e'lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bosniyalik 23 yoshli futbolchi Angliya klubiga "Sassuolo"dan ko'chib o'tdi. Muharemovich "tovuslar" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Transfer mablag'i oshkor qilinmagan.
Toriq 2026 yildagi jahon chempionatida ham Bosniya milliy jamoasi bilan qatnashdi.
Eslatib o'tamiz, "Lids" o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasini 14-o'rinda yakunladi. Yangi mavsumning ilk turida jamoa 22 avgust kuni safarda "Nottinghem Forest"ga qarshi maydonga tushadi.