«Parij» bosh murabbiyi Liam Rosenior oʻzining sobiq jamoasi — «Chelsi» haqidagi savolga javob berdi.
«Men «Chelsi»ga kelajakda faqat eng yaxshi tilaklarni tilayman. Jamoa Xabi Alonsoning timsolida ajoyib murabbiyni topdi, deb hisoblayman. Ularning natijalarini kuzatib boraman.
Biz klubga mavsumning oʻrtasida, murakkab paytda kelgandik. Men koʻp saboq oldim. Shubhasiz, yaxshiroq uddalashim mumkin boʻlgan jihatlar bor edi, ammo ijobiy lahzalar ham boʻldi», — deya Roseniarning soʻzlarini keltiradi jurnalist Nizaar Kinsella.
Maʼlumot uchun, angliyalik mutaxassis Fransiya klubi bilan 2028 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.