Sobiq «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatini yana «Chelsi»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Manbaga ko'ra, agar 34 yoshli futbolchi Angliya Premyer-ligasida qolishga qaror qilsa, «Chelsi»dan tushadigan taklif uning uchun ustuvor variant bo'ladi.
Shuningdek, Saloh Turkiyaning «Beshiktosh», «Fenerbahche» va «Galatasaroy» klublaridan ham jiddiy takliflar olgan. Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni klublarining takliflari moliyaviy jihatdan eng yuqori emas.
Eslatib o'tamiz, Muhammad Saloh 2014–2016 yillarda «Chelsi» safida ham to'p tepgan. Keyinchalik u «Liverpul»da to'qqiz mavsum o'ynab, UEFA Chempionlar ligasi, Angliya Premyer-ligasi, Angliya kubogi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi.
2025/26 yilgi mavsumda misrlik hujumchi 41 ta uchrashuv o'tkazib, 12 ta gol va 10 ta assist qayd etdi. Hozirda u erkin agent maqomida, Transfermarkt esa uning transfer qiymatini 22 million yevro deb baholamoqda.