Bugun
8
O'zbek

Argentina va Angliya JCH tarixidagi antirekordni qayd etdi

Futbol
15 iyul, 16:07
Yarimfinalning dastlabki 30 daqiqasida darvoza tomon birorta ham zarba yo'llanmadi.
Argentina va Angliya JCH tarixidagi antirekordni qayd etdi
Foto: Getty Images
15.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya 1 : 2 Argentina Argentina

Argentina va Angliya o'rtasidagi JCH-2026 yarimfinali Jahon chempionatlari tarixidagi noodatiy antirekord bilan yodda qoldi.

1966 yildan buyon yuritib kelinayotgan statistikaga ko'ra, mundial tarixida ilk bor o'yinning dastlabki 30 daqiqasi davomida jamoalar darvoza tomon birorta ham zarba bermadi.

Avvalgi antirekord ham Angliyaga tegishli edi. Chorakfinaldagi Norvegiyaga qarshi bahsda ilk zarba faqat 29-daqiqada amalga oshirilgandi.

Yarim soat ichida jamoalar jami 11 marta qoida buzdi. Shundan 6 ta fol Argentina, 5 ta fol esa Angliya hisobiga yozildi.

Qayd etilishicha, uchrashuvdagi ilk zarba 33-daqiqada amalga oshirildi. Bu ham Jahon chempionatlari tarixidagi eng kech qayd etilgan ilk zarba bo'ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar