Argentina vitse-prezidenti Viktoriya Vilyarruel 2026 yildagi Jahon chempionati yarimfinalidan o'rin olgan Angliya milliy jamoasiga qarshi o'yinning siyosiy ahamiyati haqida bayonot berdi.
«Biz bosqinchi va qaroqchilarga qarshi maydonga tushamiz. Bu shunchaki navbatdagi o'yin emas.
Men siyosiy jihatdan to'g'ri gapirishga ham, ehtiyotkor bo'lishga ham urinmayman: inglizlarga qarshi har bir o'yin doimo futboldan ko'ra kattaroq ma'no kasb etadi. Bu — Malvina orollari, bu — Diego, bu — Leoning so'nggi turniri va bosqinchilarni to'xtatish imkoniyati.
Ol'g'a, Argentina! Chunki biz so'nggi nafasimizgacha o'z haqqimizni talab qilishda davom etamiz!» — deb yozdi Vilyarruel.
Angliya — Argentina bahsi 15 iyul kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 16 iyulga o'tar kechasi soat 00:0da boshlanadi.
Argentina vitse-prezidenti: "Bosqinchi va qaroqchilarga qarshi o'ynaymiz. Bu bahs futboldan kattaroq"
Futbol
15 iyul, 12:45
Viktoriya Vilyarruel Angliyaga qarshi JCh yarimfinali oldidan keskin fikrlar bildirdi.
Foto: Getty Images
15.07.2026, 15:00
Jahon chempionati (JCH-2026)
Angliya
-
:
-
Argentina
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi