Angliya milliy jamoasi sardori Harri Keyn JCH-2026 yarimfinalida Argentinaga qarshi bahs oldidan ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarga murojaat qildi.
«Bor kuchimizni maydonda qoldirishga tayyormiz», — deb yozdi Keyn mashg'ulotdan olingan suratlarini e'lon qilar ekan.
Eslatib o'tamiz, Angliya pley-off bosqichida Kongo DR (2:1), Meksika (3:2) va Norvegiya (2:1) ustidan g'alaba qozonib, yarimfinalga yo'l oldi.
32 yoshli «Bavariya» hujumchisi ushbu mundialda 6 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Argentina va Angliya o'rtasidagi yarimfinal g'olibi JCH-2026 finalida Ispaniya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi