Jahon chempionatining yarimfinal bosqichida Angliya va Argentina milliy jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Bellashuv 16-iyulga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya chorakfinalda Norvegiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, yarimfinalga yo‘l olgan. Argentina esa Shveysariyani 3:1 hisobida taslim qilib, kuchli to‘rtlikdan joy olgandi. Ushbu yarimfinalning g‘olibi finalda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.
JCH-2026. Yarimfinal
Angliya – Argentina
16-iyul. 00:00
Angliya: Pikford, Jeyms, Gehi, Spens, Stounz, Rays, Anderson, Bellinghem, Saka, Gordon, Keyn.
Argentina: Emiliano Martines, Molina, Romero, Lisandro Martines, Talyafiko, Paredes, Mak Allister, Fernandes, Simeone, Messi, Alvares.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi