Kilian Mbappe Fransiya milliy jamoasi tarixida Jahon chempionatlarida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchiga aylandi.
Fransuzlarning Ispaniyaga (0:2) qarshi JCh-2026 yarimfinalidagi oʻyini hujumchi uchun turnirdagi 21-bahs boʻldi.
Shu tariqa Kilian Fransiya milliy jamoasi rekordini yangiladi va mundiallarda 20 ta oʻyin oʻtkazgan darvozabon Ugo Lorisni ortda qoldirdi.
Ma'lumot uchun, yarimfinalda yutqazgan Fransiya 18 iyul kuni Angliya — Argentina juftligi mag'lubi bilan 3-oʻrin uchun oʻynaydi.
Mbappe Fransiya safida JChda eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchiga aylandi
Futbol
15 iyul, 14:30
Hujumchi bu borada Lorisni ortda qoldirdi.
Foto: Getty Images