Live
1
O'zbek

Keyn Angliya milliy jamoasi tarixiga kirdi

Futbol
15 iyul, 15:16
Hujumchi maydon futbolchilari orasida rekord o'rnatdi.
Keyn Angliya milliy jamoasi tarixiga kirdi
Foto: Getty Images
90’+7 Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya 1 : 2 Argentina Argentina

Angliya milliy jamoasi sardori Harri Keyn Argentina bilan JCH-2026 yarimfinalida maydonga tushib, milliy jamoa safidagi 121-o'yinini o'tkazmoqda.

Shu tariqa, 32 yoshli hujumchi o'yinlar soni bo'yicha Ueyn Runini ortda qoldirib, Angliya milliy jamoasi tarixida maydon futbolchilari orasida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylandi.

Umumiy ro'yxatda esa Keyn ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Mutlaq rekord hali ham sobiq darvozabon Piter Shiltonga tegishli bo'lib, u Angliya safida 125 ta uchrashuv o'tkazgan.

Keyn ushbu rekordni yangilash uchun yana 4 ta o'yin o'tkazishi kerak.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar