Bugun
8
O'zbek

Trossar «Arsenal» muxlislari bilan xayrlashdi

Futbol
15 iyul, 16:30
Belgiyalik vinger: «Bir marta «to'pchi» bo'lsang, doim «to'pchi» bo'lib qolasan».
Trossar «Arsenal» muxlislari bilan xayrlashdi
Foto: Getty Images

Belgiyalik vinger Leandro Trossar «Arsenal» muxlislariga xayrlashuv murojaatini yo'lladi.

31 yoshli futbolchi London klubini tark etib, Turkiyaning «Beshiktosh» klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

«Men har doim klub va siz, muxlislar uchun yuz foiz kuchim bilan o'ynadim. Biz birgalikda juda ko'p unutilmas lahzalarni boshdan kechirdik. Ayniqsa, o'tgan mavsumda chempionlikni qo'lga kiritganimizni umrbod eslab qolaman.

Ishonchim komil, hali yana uchrashamiz. Klubga bundan keyin ham muvaffaqiyat tilayman. Qayerda bo'lmay, doimo «Arsenal»ni qo'llab-quvvatlayman. Bir marta «to'pchi» bo'lsang, doim «to'pchi» bo'lib qolasan. O'zingizni asrang», — deb yozdi Trossar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Belgiyalik futbolchi «Arsenal» safida jami 171 ta uchrashuv o'tkazib, 36 ta gol va 34 ta assist muallifiga aylandi.

Uning transferi «Beshiktosh»ga 18 million yevroga tushdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Besiktas Besiktas
Bugungi yangiliklar