Bugun
8
O'zbek

Messi Angliyaga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Futbol
15 iyul, 17:46
Argentina sardori JCH-2026 yarimfinalida ikkita assist qayd etdi.
Messi Angliyaga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Foto: Getty Images
15.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya 1 : 2 Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi JCH-2026 yarimfinalida Angliyaga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

FIFA talqiniga ko'ra, 39 yoshli hujumchi 2:1 hisobidagi g'alabada hal qiluvchi rol o'ynadi.

Messi uchrashuvda ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. U 86-daqiqada burchak to'pining amalga oshirilishidan so'ng Enso Fernandesning goliga assist berdi. Oradan to'rt daqiqa o'tib esa uning jarima maydoniga amalga oshirgan uzatmasini Lautaro Martines bosh bilan darvozaga yo'llab, Argentina milliy jamoasiga g'alaba keltirdi.

Mazkur natija evaziga Lionel Skaloni shogirdlari ketma-ket ikkinchi bor Jahon chempionati finaliga yo'l oldi. Messi esa mundiallar tarixidagi yana bir yirik natijaga yaqinlashdi.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026 final uchrashuvi 19 iyul kuni bo'lib o'tadi. Unda Argentina milliy jamoasi Ispaniyaga qarshi bosh sovrin uchun maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

135+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar