Bugun
8
O'zbek

«Roma» Endrikni ijaraga olmoqchi

Futbol
15 iyul, 18:26
Italiya klubi hujum chizig'ini Garnacho yoki Sammervill bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
«Roma» Endrikni ijaraga olmoqchi
Foto: Getty Images

«Roma» yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrikni belgiladi.

Il Messaggero xabariga ko'ra, rimliklar braziliyalik futbolchini ijara asosida o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini o'rganmoqda.

Bosh murabbiy Jan Pyero Gasperini yozda klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan Doniyel Malen uchun ishonchli zaxira variantini istamoqda. Artem Dovbik esa mutaxassisning rejalariga kirmayotgani sababli, «Roma» Endrik transferiga e'tibor qaratgan.

Qayd etilishicha, Endrik yaqinda «Lion»dagi ijara muddatini yakunlab, Ispaniyaga qaytgan. U Fransiya klubida 21 ta o'yinda 8 ta gol urgan. «Real» safida esa 2024 yildan buyon 40 ta uchrashuv o'tkazib, 7 ta gol muallifiga aylangan.

Manbaga ko'ra, «Roma» Joze Mourinyoning «Real»dagi ta'siri Endrikni Italiyaga ko'chib o'tishga ko'ndirishda muhim omil bo'lishiga umid qilmoqda.

Shuningdek, Rim klubi «Vest Hem» vingeri Krisensio Summervill transferi borasida ham muzokaralarni jadallashtirgan. Sport direktori Toni D'Amiko futbolchi vakillari bilan uchrashuv o'tkazgan.

«Roma» Sammervillga yiliga 4 million yevrodan ortiq maosh bermoqchi emas va uning transferi uchun 40 million yevrodan ko'proq taklif yuborishni rejalashtirmayapti. Shunga qaramay, dastlabki muzokaralar ijobiy o'tgani sababli Italiya klubi kelishuvga erishish imkoniyatini yuqori baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
Bugungi yangiliklar