"Roma" hujumchisi Paulo Dibala Rim klubi bilan yangi shartnoma imzolash uchun maoshini keskin kamaytirdi. Bu haqda Football Italia xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, argentinalik 32 yoshli futbolchining Rim klubi bilan yangi bitimi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Insayder Janluka Di Marcioning ma'lum qilishicha, Dibala endi bir mavsum uchun 3 million yevrodan kamroq maosh oladi. Avval esa uning yillik maoshi 8 million yevroni tashkil etardi.
O'tgan mavsumda Paulo "Roma" safida barcha turnirlarda 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchi 2022 yilning yozidan buyon "bo'rilar" sharafini himoya qilib kelmoqda. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati hozirda 5 million yevroga baholanmoqda.