Bugun
3
O'zbek

Rafinya «Barselona»da qolishga qaror qilgan – Romano

Futbol
13 iyul, 15:37
Futbolchiga Yaqin Sharqdan jiddiy taklif bor.
Rafinya «Barselona»da qolishga qaror qilgan – Romano
Фото: Getty Images

«Barselona» vingeri Rafinya «Al Hilol» klubi tomonidan bo‘layotgan qiziqishlarga qaramay, jamoani tark etmoqchi emas. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya klubi rahbariyati braziliyalik 29 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy kirishgan. Shunga qaramay, Rafinya o‘zining bor e'tiborini Kataloniya jamoasiga qaratgan.

Qayd etilishicha, Saudiya klubi ushbu transfer uchun kataloniyaliklarga 80 million yevro to‘lashga tayyor. Qolaversa, Rafinyaning o‘ziga hozirda «Barselona»da olayotgan daromadidan to‘rt barobar ko‘p maosh taklif qilinmoqda.

O‘tgan mavsumda Rafinya «Barselona» tarkibida barcha turnirlar doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 21 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Al-Hilal Al-Hilal
Bugungi yangiliklar