"Barselona" prezidenti Joan Laporta Xulian Alvares bo'yicha taklifning amal qilish muddati cheklanganini aytdi.
Avvalroq "Atletiko" hujumchisi klubni tark etish istagi borligini bildirgan edi: "Menimcha, barcha uchun eng yaxshi variant — transfer. O'z orzumni amalga oshirmoqchiman".
Keyinroq Madrid klubi argentinalik futbolchi bilan muzokaralar olib borgani uchun "Barselona" ustidan FIFA va Ispaniya futbol federatsiyasiga (RFEF) shikoyat qildi.
"Biz hech kimning kuyiga raqsga tushmoqchi emasmiz. Bu yerda ritmni o'zimiz belgilaymiz. Taklif berdik, ammo u muddatsiz emas. U qancha vaqt kuchda bo'lishini ko'ramiz. Biz murabbiy va sport bo'limi so'ragan futbolchi bilan shartnoma qilish istagimizni bildirdik. Xulian bizga juda yoqadi va, menimcha, u — ajoyib futbolchi.
"Atletiko" bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Bizning taklifimiz sabab tushunmovchilik yuzaga keldi va men ularga hammasini tushuntirdim. Biz bosim o'tkazmadik. Men faqat ularda muqobil variant paydo bo'lganidan keyin ham taklifimiz kuchda qolishini aytdim. Hozircha bu masala keyingi bosqichga o'tgani yo'q", — deya Laportaning so'zlarini keltiradi Marca.
Laporta Alvares transferi haqida: "Hech kimning kuyiga raqsga tushmaymiz. Taklifimiz muddati chegaralangan"
Futbol
13 iyul, 08:45
"Barselona" prezidenti "Atletiko" hujumchisining ehtimoliy transferi haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi