Bugun
13
O'zbek

«Arsenal» Xulian Alvares transferini tezroq yakunlamoqchi

Futbol
12 iyul, 12:04
London klubi argentinalik hujumchini mavsumoldi yig'inigacha tarkibga qo'shib olmoqchi.
«Arsenal» Xulian Alvares transferini tezroq yakunlamoqchi
Foto: Getty Images

«Arsenal» «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares transferi ustida faol ishlamoqda.

Bu haqda The Independent xabar berdi.

Manbaga ko'ra, «kanonirlar» transferni mavsumoldi tayyorgarlik yig'ini boshlanishidan oldin yakunlashni maqsad qilgan.

Qayd etilishicha, «Atletiko»ning pozitsiyasi tufayli Alvares uchun raqobat ham kamaygan. Madrid klubi argentinalik hujumchini «Barselona» yoki «Real»ga sotmoqchi emas, «PSJ» esa futbolchining holatini o'rgangan bo'lsa-da, uni sotib olish bo'yicha aniq rejaga ega emas.

Transfermarkt portali 26 yoshli Xulian Alvaresning transfer qiymatini 100 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar